Salerai Android ilovasi

Oddiy SIM-karta qo'ng'iroqlari ham tahlilga tushadi.

  • Menejer odatdagidek o'z telefonidan gaplashadi
  • Ilova telefon yozib olgan suhbatni salerai'ga yuboradi
  • AI tahlil qiladi, natija kabinet va CRM'ga tushadi
Xavfsizmi?

Ha. Ilova faqat qo'ng'iroqlar ro'yxati va qo'ng'iroq yozuvlarini o'qiydi. SMS, kontaktlar, rasmlar, mikrofon va joylashuvga tegmaydi. Google Play'dan emas, to'g'ridan-to'g'ri bizdan yuklangani uchun telefon «noma'lum manba» deb so'raydi — bu odatiy holat.

O'rnatish — 3 qadam
  1. Rahbar kabinetda telefon qo'shadi va QR kod oladi
  2. Menejer QR'ni telefon kamerasi bilan skanerlaydi
  3. «APK yuklab olish» → o'rnatish → «Ilovada ochish»
Bepul boshlash

Ma'lumotlarni o'chirish

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 21-oktabr

salerai'dan foydalanayotgan bizneslar

Instagram'ni uzish: salerai'da Inbox → Kanallar, Instagram kanalini tanlab "Uzish"ni bosing. Xabarlar olinishi to'xtaydi va saqlangan token o'chiriladi.

Suhbatlar, lidlar yoki butun kompaniya akkauntini barcha ma'lumotlari bilan o'chirish uchun akkaunt egasining email yoki telefonidan bizga yozing. Ma'lumotlar 30 kun ichida o'chiriladi va javob bilan tasdiqlanadi.

Ilovani Instagram'dan ham olib tashlash mumkin: Settings → Website permissions → Apps and websites → salerai → Remove.

Biznesga Instagram orqali yozgan odamlar

Xabarlaringiz siz yozgan biznesning inbox'ida saqlanadi. O'chirish uchun o'sha biznesga murojaat qiling yoki Instagram username va biznes nomini yozib bizga yuboring — 30 kun ichida o'chiramiz.

Aloqa

O'chirish so'rovlari uchun:

  • "ONESS B GROUP" MCHJ, STIR 313075041
  • Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahriston MFY, Shahriston ko'chasi
  • Email: karimovich.1ss@gmail.com
  • Telegram: @salerai_support_bot
  • +998959454441
  • Toshkent sh., Shahriston, 100090, O'zbekiston