Salerai Android ilovasi

Oddiy SIM-karta qo'ng'iroqlari ham tahlilga tushadi.

  • Menejer odatdagidek o'z telefonidan gaplashadi
  • Ilova telefon yozib olgan suhbatni salerai'ga yuboradi
  • AI tahlil qiladi, natija kabinet va CRM'ga tushadi
Xavfsizmi?

Ha. Ilova faqat qo'ng'iroqlar ro'yxati va qo'ng'iroq yozuvlarini o'qiydi. SMS, kontaktlar, rasmlar, mikrofon va joylashuvga tegmaydi. Google Play'dan emas, to'g'ridan-to'g'ri bizdan yuklangani uchun telefon «noma'lum manba» deb so'raydi — bu odatiy holat.

O'rnatish — 3 qadam
  1. Rahbar kabinetda telefon qo'shadi va QR kod oladi
  2. Menejer QR'ni telefon kamerasi bilan skanerlaydi
  3. «APK yuklab olish» → o'rnatish → «Ilovada ochish»
Bepul boshlash
Android ilova

Telefonni salerai'ga ulash

Oddiy SIM-karta qo'ng'iroqlari ham tahlilga tushadi. Sozlash bir marta, 5 daqiqa: nimani, qachon va kim qilishi quyida.

APK yuklab olishFayl: salerai.apk · 1.3 MB · SHA-256 7a65b1fd4da0a2a889a081b756a64c157330ac1ea2feb746e2e5cecc9e83a8b8
Rahbar (yoki admin) — kompyuterda, salerai kabinetida: telefon qo'shadi va QR kod beradi.
Menejer — o'z telefonida: QR'ni skanerlaydi, ilovani o'rnatadi, ruxsatlarni beradi.

1. Rahbar: kabinetda

  1. 1
    Mobil telefonlar bo'limini ochingKabinet → yuqori menyu → «Yana» → «Mobil telefonlar».
  2. 2
    «Telefon qo'shish» → menejerni tanlangRo'yxatda bo'lmasa, «Yangi menejer» va ismini yozing. QR kod va 8 belgili kod chiqadi.
  3. 3
    QR'ni menejerga beringEkrandagi QR'ni ko'rsating yoki rasmini Telegram'da yuboring. Kod 3 kun amal qiladi. Har telefonga alohida kod — bitta QR ikki telefonga ishlamaydi.

2. Menejer: telefonda

  1. 1
    QR'ni oddiy kamera bilan skanerlangBrauzerda salerai sahifasi ochiladi. QR rasm bo'lib kelgan bo'lsa — Google Lens yoki galereyadagi «QR'ni skanerlash».
  2. 2
    «APK yuklab olish» → o'rnatishTelefon «noma'lum manbadan o'rnatish»ga ruxsat so'raydi — «Ruxsat berish». Play Protect ogohlantirsa — «Baribir o'rnatish». Ilova allaqachon bo'lsa, bu qadam kerak emas.
  3. 3
    Sahifaga qaytib «Ilovada ochish»Ilova kodni o'zi oladi va ulanadi. Ochilmasa — ilovaga sahifadagi kodni qo'lda kiriting.
  4. 4
    Ilovada «Sozlamalar» — 3 ta belgi yashil bo'lsinRuxsatlar (qo'ng'iroqlar jurnali, audio), telefonda qo'ng'iroqni avtomatik yozish, fonda ishlash. Har birining yonida tugma bor.

3. Ishlayotganini tekshirish

  1. 1
    20 soniyadan uzun sinov qo'ng'iroq qilingIlova faqat ulangandan keyingi qo'ng'iroqlarni yuboradi; eski yozuvlar telefonda qoladi.
  2. 2
    Ilovada «Holat»: «Yuborildi» 1 ga oshadiOdatda bir necha daqiqada. Internet bo'lmasa «Navbatda» turadi va keyin o'zi ketadi.
  3. 3
    Kabinetda «Qo'ng'iroqlar»Suhbat matni va AI bahosi chiqadi. «Mobil telefonlar»da telefon holati «Ishlayapti» bo'ladi.

Xavfsizlik

APK — Android ilovaning oddiy o'rnatish fayli. Google Play'dan emas, to'g'ridan-to'g'ri salerai'dan yuklanadi, shuning uchun telefon bir marta so'raydi. Faylni faqat shu saytdan yoki kabinetdagi QR'dan oling.

Ilova nimani o'qiydi

  • Qo'ng'iroqlar ro'yxati: raqam, vaqt, davomiylik — qaysi yozuv qaysi qo'ng'iroqqa tegishli ekanini bilish uchun
  • Telefon yozib olgan qo'ng'iroq audiolari
  • Qo'ng'iroq tugaganini (yozuvni darhol yuborish uchun)

Hech qachon tegmaydi

  • SMS, kontaktlar, rasmlar, video va boshqa fayllar
  • Mikrofon — ilova o'zi hech narsa yozmaydi
  • Joylashuv, messenjerlar, shaxsiy ilovalar
  • «Shaxsiy raqamlar» ro'yxatidagi suhbatlar telefondan chiqmaydi
Yozuvlar shifrlangan holda ketadi

Faqat HTTPS orqali, faqat sizning kompaniyangiz kabinetiga.

Bitta tugma bilan uziladi

Telefon yo'qolsa yoki menejer ketsa — kabinetda «Uzish»: ilova shu zahoti hech narsa yubora olmaydi.

Imzolangan ilova

Har versiya bitta salerai kaliti bilan imzolanadi; soxta fayl yangilanish sifatida o'rnatilmaydi.

Muammo bo'lsa

QR «xato» yoki «kod ishlamaydi» deyapti

Kod ishlatilgan, muddati o'tgan yoki telefon kabinetda o'chirilgan. Rahbar kabinetda telefon yonidagi «Kodni ko'rsatish» yoki «Qayta ulash»ni bossin — yangi kod chiqadi. Har telefonga alohida kod kerak.

«Server topilmadi»

Kodni qo'lda kiritganda bo'ladi. QR'ni telefon kamerasi bilan skanerlang va «Ilovada ochish»ni bosing — server manzili o'zi keladi.

Ruxsat oynasi chiqmayapti (Android 13+)

Sozlamalar → Ilovalar → salerai → ⋮ (yuqori o'ng burchak) → «Cheklangan sozlamalarga ruxsat», keyin ilovada yana «Ruxsat berish».

«Yozuvsiz» soni o'syapti

Telefonda avtomatik yozish o'chiq. Xiaomi/Realme'da Google «Telefon» ilovasi bo'lsa, uning yozuvlari yopiq — telefonning o'z dialerini yoqing. iPhone qo'ng'iroq yozishga ruxsat bermaydi.

Ilovani qanday yangilayman?

Yangi versiya chiqsa, ilovada «Holat» bo'limida «Yangilash» tugmasi chiqadi: bosing → «O'rnatish». Ulanish va sozlamalar saqlanadi, qayta ulash kerak emas. 1.0.0 versiyadan bir marta shu sahifadan yuklab, ustidan o'rnating.

«Navbatda» turib qoldi

Internetni tekshiring va ilovada «Fonda ishlash» yashil ekanini ko'ring. «Hozir yuborish» tugmasi darhol urinadi.