Telegram, Instagram, sayt chati + AI sotuvchi241 300 so'mdanAlohida, oyiga 690 000 so'mdan
AI operator, bulutli ATS, raqam, SMSBitta platformadaHar biri alohida provayderda
Sinab ko'rishDarhol, karta shartsizAriza yoki konsultatsiyadan keyin
Bozor narxlari boshqa platformalarning ochiq saytlaridan olingan va o'zgarishi mumkin; CRM — mashhur CRM'larning 10 kishiga mos eng arzon tarifi. 12 oyga to'lasangiz salerai yana 20% arzon.
Qo'ng'iroqlar tahlili
Har bir qo'ng'iroq yoziladi, AI baholaydi va xulosa beradi. Paketlar faqat daqiqa soni bilan farq qiladi, daqiqa butun kompaniya uchun umumiy.
Ko'proq muddat — kamroq to'lov
Tahlil 9 000
Oyiga 9 000 daqiqa AI tahlil — butun kompaniya uchun
≈ 5 ta to'liq band operator (kuniga 5–6 soat gaplashadi)
Har bir qo'ng'iroq: matn, ball va xulosa
Skript va baholash mezonlarini o'zingiz sozlaysiz
amoCRM, Bitrix24, Google Sheets'ga yozadi
UTeL, Dial.uz, OnlinePBX va boshqa ATS'lar
Menejerlar reytingi va kunlik Telegram hisobot
Daqiqa tugasa ham kutilmagan hisob chiqmaydi: qo'ng'iroqlar yozilaveradi va navbatda turadi. +3 000 daqiqa — $19 (≈ 241 300 so'm): olishingiz bilan navbatdagilar tahlil qilinadi. 80% va 100% da oldindan ogohlantiramiz.
Salerai CRM
Salerai CRM
Narx butun kompaniya uchun, har bir xodim uchun emas. Qo'ng'iroq tahlili va AI bilan bog'langan CRM.
190 500180 975so'm · kompaniya / oy$15$14.3kompaniya / oy
≈ $14.3 / oy≈ 180 975 so'm / oy
3 oy uchun 543 560 so'm bir martada3 oy uchun $42.8 bir martada
Istalgan paket bilan kabinetda 5 kishi bepul. Keyingi har biri — 70 000 so'm (≈ $5.5) / oy. Qo'ng'iroqlari tahlil qilinadigan operatorlarni kabinetga qo'shish shart emas: ATS'dagi ichki raqamlar o'zi keladi.
Birga olsangiz arzonroq
Tahlil, CRM, Inbox va AI operatordan bir nechtasini birga olsangiz, shu qismlarga chegirma: 2 ta qism −10%, 3 ta qism −15%, 4 ta qism −20%. Oldindan to'lov chegirmasi ustiga qo'shiladi.
Masalan, to'rttasi eng kichik paketda: 1 549 400 → 1 239 520 so'm / oy. 12 oyga oldindan to'lansa — oyiga 991 616 so'm (36% arzon).
Inbox: Telegram, Instagram, sayt chati
Barcha chatlar bitta oynada, Saler agent mijozga o'zi javob beradi. Paketlar AI javoblar soni bilan farq qiladi.
Raqam narxi uning eslab qolinishiga qarab — oddiydan VIP gacha. Bir martalik to'lov, raqam kompaniyangizniki bo'ladi.
Bronze450 000 so'm
Bronze Plus800 000 so'm
Silver1 500 000 so'm
Silver Plus3 000 000 so'm
Gold4 500 000 so'm
Gold Premium6 000 000 so'm
Platinum12 000 000 so'm
Super Platinum30 000 000 so'm
Diamond40 000 000 so'm
Elite60 000 000 so'm
Exclusive80 000 000 so'm
Super VIP100 000 000 so'm
Har bir raqamga +200 000 so'm ro'yxatga olish va +200 000 so'm xizmat haqi (sotib olish va rasmiylashtirish) · Mavjud raqam 1 soatda, yangi raqam 7–14 kunda tayyor · Raqam boshlari: +998 78 122, +998 78 333, +998 78 555, +998 78 707, +998 78 778, +998 78 998
Raqam liniyasi — oylik
Raqam ishlashi uchun kanallar (bir vaqtda nechta qo'ng'iroq) va chiquvchi daqiqalar paketi. Kiruvchi qo'ng'iroqlar bepul.
Keragini tanlang — oylik va bir martalik to'lov darhol chiqadi. Sotuvchi kutish shart emas.
Ixtiyoriy xizmat
Xohlasangiz, o'rnatishni biz qilamiz
Har bir paketni o'zingiz 15–30 daqiqada ulaysiz: qo'llanma, video va chatdagi yordam bepul — buning uchun hech narsa to'lamaysiz. Vaqtingiz bo'lmasa, jamoamiz hammasini siz uchun sozlab beradi: bu ixtiyoriy, bir martalik xizmat.
Kichik jamoa
1–5 kishi
5 000 000so'm · bir martalik
3–5 ish kunida tayyor
O'rta jamoa
6–15 kishi
10 000 000so'm · bir martalik
5–10 ish kunida tayyor
Katta jamoa
16 va undan ko'p
Alohida narx
Ko'p filial, bir nechta bo'lim yoki o'z serveringizda ishlash. Talablaringizni o'rganib, narx va muddatni alohida aytamiz.
Setupga nimalar kiradi
Sotuv jarayoningizni o'rganamiz: voronka, skript, kim nima qiladi
Raqam va ATS: ulash, IVR, ish vaqti, operatorlar va navbat
Salerai CRM'da voronka, bosqich va maydonlar yoki amoCRM / Bitrix24 ni ulash
Skript va baholash mezonlarini sotuvingizga moslash
AI operator: ovoz, bilim bazasi, avtoqo'ng'iroq va CRM avtopiloti
Telegram, Instagram va sayt chatini ulash, javob shablonlari
Jamoani o'qitish: menejerlar va rahbar uchun alohida
Birinchi oy kuzatamiz: natijani ko'rib, sozlamalarni tuzatamiz
Ixtiyoriy: paket olish uchun shart emas. Obuna, telefoniya va raqam narxi bunga kirmaydi. Jamoa — qo'ng'iroq va chat bilan ishlaydigan xodimlar soni.
Ko'p so'raladigan savollar
Ulanish yoki texnik xizmat uchun to'lov bormi?
Yo'q. Ulash, sozlash va qo'llanma bepul: o'zingiz qilasiz, kerak bo'lsa chatda yordam beramiz. Faqat tanlagan paketlaringizga to'laysiz. Jamoamiz o'rnatib berishi — ixtiyoriy alohida xizmat.
Daqiqa yoki AI javob tugasa nima bo'ladi?
Tahlil daqiqalari tugasa qo'ng'iroqlar yozilaveradi va navbatda turadi; +3 000 daqiqa olsangiz darhol tahlil qilinadi. Inbox'da AI javoblar tugasa chatlar menejerlarga o'tadi. Avtomatik qo'shimcha hisob hech qachon chiqmaydi.
Boshlagandan keyin tarifni o'zgartirsa bo'ladimi?
Ha, istalgan payt oshirish yoki pasaytirish mumkin — keyingi to'lov davridan qo'llanadi.
3 va 6 oylik to'lovda qancha tejayman?
3 oyga to'lasangiz −5%, 6 oyga −10%, 12 oyga −20%. Chegirma obunalarga qo'llanadi: tahlil, AI operator va ATS.
To'lov qanday amalga oshiriladi?
To'lov so'mda, hisob-faktura bo'yicha. Dollar narxlar Markaziy bank kursida so'mga o'giriladi.
O'z ATS'imni ishlatsam bo'ladimi?
Ha. UTeL, Asterisk va boshqa ATS'lar ulanadi — raqamlar va operatorlar o'zgarmaydi.
Maxsus taklif olsa bo'ladimi?
Ha. Katta jamoalar va call-markazlar uchun individual narx, integratsiya va yordam rejasini tuzamiz.
Raqam va ATS kimning nomiga rasmiylashtiriladi?
Kompaniyangiz nomiga. Biz litsenziyali operatordan sotib olamiz va hujjatlarni rasmiylashtiramiz — siz faqat bizga bitta hisob bo'yicha to'laysiz.
AI operatorni tahlilsiz olsa bo'ladimi?
Ha. AI operator tariflari alohida: faqat AI operator, faqat tahlil yoki ikkalasini birga olishingiz mumkin.
24 soatdan kamroq vaqtda ishga tushiring
Ro'yxatdan o'ting — ATS va CRM'ingizni ulashda yordam beramiz.