Salerai Android ilovasi

Oddiy SIM-karta qo'ng'iroqlari ham tahlilga tushadi.

  • Menejer odatdagidek o'z telefonidan gaplashadi
  • Ilova telefon yozib olgan suhbatni salerai'ga yuboradi
  • AI tahlil qiladi, natija kabinet va CRM'ga tushadi
Xavfsizmi?

Ha. Ilova faqat qo'ng'iroqlar ro'yxati va qo'ng'iroq yozuvlarini o'qiydi. SMS, kontaktlar, rasmlar, mikrofon va joylashuvga tegmaydi. Google Play'dan emas, to'g'ridan-to'g'ri bizdan yuklangani uchun telefon «noma'lum manba» deb so'raydi — bu odatiy holat.

O'rnatish — 3 qadam
  1. Rahbar kabinetda telefon qo'shadi va QR kod oladi
  2. Menejer QR'ni telefon kamerasi bilan skanerlaydi
  3. «APK yuklab olish» → o'rnatish → «Ilovada ochish»
Bepul boshlash
AI qo'ng'iroq platformasi

Har bir qo'ng'iroqni sotuvga aylantiring

salerai ATS va CRM'ingizga soniyalarda ulanadi: har bir suhbatni AI tinglaydi, baholaydi va natijani CRM'ga yozadi. Yangi dastur, o'rnatish va ortiqcha ovoragarchiliksiz.

Bepul boshlash
  • O'zbek va rus tilida
  • Sizning ATS va CRM ichida
  • Ma'lumotlar himoyalangan

Siz allaqachon ishlatadigan tizimlar bilan ishlaydi

amoCRMBitrix24Google SheetsTelegramUTeLAsteriskeskizzadarmaWhatsAppInstagram
1 daqiqada

Salerai nima qiladi — bir daqiqada

Yo'qolgan qo'ng'iroqdan bitta joydagi nazoratgacha: ovoz bilan ko'ring.

Platforma ichidan

Kompyuterda ham, telefonda ham — hammasi qo'lingizda

Narxlar

Har bir qism alohida — faqat keragini oling

Hamma paketda barcha imkoniyat ochiq. 1 kun bepul sinab ko'ring.

Barcha narxlar
Soniyalarda ishga tushadi

Soniyalarda ulang — natijani darhol oling

salerai sizning tizimingiz ichida ishlaydi. Operatorlar yangi dastur o'rganmaydi, raqamlar o'zgarmaydi, hech narsa o'rnatilmaydi.

  1. 1

    ATS yoki CRM'ni ulang

    UTeL, Asterisk, amoCRM, Bitrix24 — login yoki bitta tugma bilan. Webhook'ni o'zimiz sozlaymiz.

  2. 2

    AI har qo'ng'iroqni tahlil qiladi

    Yozuv matnga o'giriladi va skriptingiz hamda bilim bazangiz bo'yicha baholanadi.

  3. 3

    Natija o'zi keladi

    CRM kartasiga, Telegram'ga va jadvalga — rahbar ertalab tayyor hisobotni ko'radi.

O'rtacha ulanish vaqti — 3 daqiqa. Birinchi tahlil — birinchi qo'ng'iroqdan keyin.

Mahsulotlar

Qo'ng'iroq bo'limingizga kerak bo'lgan hamma narsa

AI tahlil, telefoniya, CRM va boshqaruv — bitta platformada, bitta obunada.

Barcha mahsulotlar
Yagona inbox · Saler agent YANGI

Telegram, Instagram va sayt chati — bitta oynada, AI sotuvchi bilan

Mijoz qayerdan yozmasin, xabar bitta inbox'ga tushadi. Saler agent darhol javob beradi, mahsulotni tavsiya qiladi, raqamni oladi va tayyor lidni CRM'ga yuboradi. Kerak bo'lsa suhbatni menejerga o'tkazadi.

  • Telegram bot va akkauntKompaniya boti ham, menejerning shaxsiy Telegrami ham — guruhlar bilan
  • Instagram DirectDirect xabarlari, reaksiyalar va story javoblari inbox'da
  • Izohlarga avtojavobPost ostiga "narx" yozganlarga ochiq javob va Direct'ga xabar
  • Tugmali flowKo'p beriladigan savollarga tokensiz tayyor javoblar, vizual konstruktorda
  • Saler agentKatalogingizni biladi, sotadi yoki support qiladi, 24/7
  • Lid kartasi va CRMIsm, raqam, ehtiyoj — amoCRM, Bitrix24 yoki webhook'ga o'zi tushadi
Bepul sinab ko'rish WhatsApp — tez orada
AI ovozli operator

Hech qachon charchamaydigan operator

Kiruvchi qo'ng'iroqlarga 24/7 javob beradi, bazaga o'zi qo'ng'iroq qiladi, ma'lumot yig'adi va kerak bo'lsa jonli operatorga kontekst bilan o'tkazadi.

  • O'zbek va rus tilida tabiiy suhbat
  • CRM varonkangiz bilan ishlaydi
  • Jonli operatorga kontekst bilan o'tkazadi
  • O'z ovozingizni klonlang yoki tayyor ovoz tanlang
AI operatorni sinashAI operator tariflari oyiga $49 dan: kiruvchi va chiquvchi daqiqalar alohida
Media · AI marketolog

Reklama kontenti endi o'zi tayyorlanadi

AI raqobatchilar va o'xshash bizneslarni o'rganadi, sizga mos strategiya tuzadi, sotadigan post, story va Reels tayyorlaydi. Har bir kreativga prognoz beradi: byudjet, auditoriya va bitta lid narxi. Siz faqat tasdiqlaysiz.

  • Strategiya va kontent-reja: nima, qachon va kimga
  • Rasm, sarlavha va matn tayyor holda
  • Instagram va Telegram'ga jadval bo'yicha o'zi chiqaradi
  • Izoh va Direct'dan kelgan lidlar CRM'ga tushadi
Ulanishni so'rashBeta: ulash uchun bizga yozing
Yechimlar

Har qanday sotuv va xizmat jamoasi uchun

Sotuv bo'limlari

Qaysi suhbatda bitim yo'qolganini va nima uchunligini bilasiz. Follow-up'lar unutilmaydi.

Qo'llab-quvvatlash

Har bir murojaat sifati, shikoyatlar va hal qilinmagan savollar — real vaqtda.

Filiallar va masofaviy jamoalar

Qayerda ishlashidan qat'i nazar, hamma operator bitta standartda baholanadi.

Sohalar Ko'chmas mulk Avtosalonlar Ta'lim markazlari Klinikalar Moliya va kreditlar Internet-do'konlar Logistika Turizm Telekom Sug'urta Call-markazlar Xizmatlar
Ma'lumotlaringiz himoyada

Yozuvlar shifrlangan holda saqlanadi, kirish huquqlari rollar bo'yicha, har bir harakat jurnalda. Ikki bosqichli kirish (2FA), har kecha zaxira nusxa va kompaniyalar ma'lumoti bir-biridan ajratilganini avtomatik tekshirish bor.

Shifrlash

Yozuvlar va kalitlar AES-256 bilan, uzatish TLS orqali.

Rollar va jurnal

Egasi, admin, sifat nazorati, menejer — har kim faqat o'zinikini ko'radi.

Shaxsiy ma'lumotlar

Karta raqamlari avtomatik yashiriladi, saqlash muddatini o'zingiz belgilaysiz.

Keyingi qo'ng'iroq platformangizni tanlayapsizmi?

AI'dan so'rang: salerai sotuv tahlili, ovozli AI operator va 24 soatda ishga tushirishda nimasi bilan farq qiladi.

Telegram

Biz bilan Telegram'da

Ikkita bot — har biri o'z ishi uchun. Savol bo'lsa yordam xizmatiga, bildirishnomalar uchun biznes botga.

Biznes bot — bildirishnomalar

@salerai_business_bot

Platformaga ulangan kompaniyalar uchun: qo'ng'iroqlar bo'yicha muhim xabarlarni Telegram'ga yuboradi.

  • Har bir qo'ng'iroq xulosasi va bahosi
  • Xavfli suhbatlar haqida darhol ogohlantirish
  • Kunlik hisobot: qo'ng'iroqlar, javobsizlar, keyingi qadamlar
  • Savol bering: bugungi hisobot, raqam bo'yicha suhbatlar

Platformada Sozlamalar → Telegram orqali bir tugmada ulanadi: shaxsiy chat, guruh yoki kanal.

Botni ochish

Bugun ulang — ertaga natijani ko'ring

1 kun bepul, hamma imkoniyat ochiq. Karta kerak emas. Ulashda yordam beramiz.

Bepul boshlash