Salerai Android ilovasi

Oddiy SIM-karta qo'ng'iroqlari ham tahlilga tushadi.

  • Menejer odatdagidek o'z telefonidan gaplashadi
  • Ilova telefon yozib olgan suhbatni salerai'ga yuboradi
  • AI tahlil qiladi, natija kabinet va CRM'ga tushadi
Xavfsizmi?

Ha. Ilova faqat qo'ng'iroqlar ro'yxati va qo'ng'iroq yozuvlarini o'qiydi. SMS, kontaktlar, rasmlar, mikrofon va joylashuvga tegmaydi. Google Play'dan emas, to'g'ridan-to'g'ri bizdan yuklangani uchun telefon «noma'lum manba» deb so'raydi — bu odatiy holat.

O'rnatish — 3 qadam
  1. Rahbar kabinetda telefon qo'shadi va QR kod oladi
  2. Menejer QR'ni telefon kamerasi bilan skanerlaydi
  3. «APK yuklab olish» → o'rnatish → «Ilovada ochish»
Bepul boshlash

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 21-oktabr

Biz kimmiz

salerai (salerai.org) — "ONESS B GROUP" MCHJ tomonidan yuritiladigan xizmat. U bizneslarga sotuv qo'ng'iroqlarini tahlil qilish va mijozlarga bitta inbox'da (telefon, Telegram, Instagram, sayt chati) javob berishga yordam beradi.

Qanday ma'lumotlarni qayta ishlaymiz

Akkaunt ma'lumotlari: ro'yxatdan o'tgan biznes foydalanuvchilarining ismi, email yoki telefoni va kompaniya ma'lumotlari.

Mijozlarimiz ulagan biznes ma'lumotlari: qo'ng'iroq yozuvlari va matnlari, CRM lidlari, ulangan kanallar orqali mijozlar bilan yozishmalar.

Instagram: biznes Instagram professional akkauntini ulaganda biz akkaunt ID va username'ini, mijozlar shu akkauntga yuborgan Direct xabarlar, reaksiyalar va fayllarni, yuboruvchining Instagram ID, ismi va rasmini olamiz. Bular faqat biznes inbox'ida suhbatni ko'rsatish va biznes javoblarini yuborish uchun ishlatiladi.

Qanday foydalanamiz

Xizmatni ko'rsatish uchun: suhbatlarni ko'rsatish, xodimlar yoki AI yordamchi yozgan javoblarni yetkazish, qo'ng'iroqlarni tahlil qilish va hisobotlar.

Shaxsiy ma'lumotlarni sotmaymiz, reklama uchun ishlatmaymiz va uchinchi shaxslarga bermaymiz; faqat xizmat ishlashi uchun kerakli infratuzilma provayderlari (hosting, nutqni aniqlash, AI) maxfiylik sharti bilan foydalanadi.

Saqlash va xavfsizlik

Ma'lumotlar himoyalangan serverlarda, HTTPS orqali shifrlangan holda uzatiladi. Ulangan kanallar tokenlari shifrlab saqlanadi. Kompaniya ichida kirish rollar bilan cheklanadi.

Saqlash muddati va o'chirish

Ma'lumotlar biznes xizmatdan foydalanayotgan vaqtda saqlanadi. Biznes istalgan vaqtda kanalni uzishi yoki suhbatlarni o'chirishi mumkin; akkaunt o'chirilsa, ma'lumotlar 30 kun ichida o'chiriladi.

Ma'lumotlarni o'chirishni so'rash tartibi: salerai.org/data-deletion.

Huquqlaringiz

Siz haqingizda qanday ma'lumot borligini so'rashingiz, uni tuzatish yoki o'chirishni talab qilishingiz mumkin.

Aloqa

Ushbu siyosat bo'yicha savollar:

  • "ONESS B GROUP" MCHJ, STIR 313075041
  • Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahriston MFY, Shahriston ko'chasi
  • Email: karimovich.1ss@gmail.com
  • Telegram: @salerai_support_bot
  • +998959454441
  • Toshkent sh., Shahriston, 100090, O'zbekiston